Ko‘p so‘raladigan savollar
Javob topilmasa — yozing, yordam beramiz.
Zargar nima va kimlar uchun?
Zargar — zargarlik do‘konlari uchun ERP. Kassa, ombor, lom va skupka, nasiya, ta’minotchilar, agentlar, xodimlar va hisobotlar bitta tizimda ishlaydi. Har bir buyum o‘z birkasi bilan alohida hisoblanadi, lom esa gramm va proba bo‘yicha yuritiladi.
Bir nechta filialni boshqarsa bo‘ladimi?
Ha. Har filialning o‘z kassasi, ombori va kabinalari bor, buyumlar filiallar o‘rtasida ko‘chiriladi. Egasi hammasini bitta paneldan va telefondan ko‘radi. Filiallar soni tarifga bog‘liq.
Telefondan ishlasa bo‘ladimi?
Ha. «Zargar Biznes» ilovasida (Android) egasi bugungi savdo, kassa, qarzlar va xodimlarni ko‘radi, to‘lov qabul qilish va maosh kabi tez amallarni bajaradi. Xodimlar ham ilovada vitrina, buyurtma va ombor bilan ishlaydi.
Internet uzilsa kassa ishlaydimi?
Ha. Internet uzilganda ham kassa chek yopadi: cheklar kompyuterda saqlanib turadi va aloqa tiklanishi bilan tartib bilan serverga yuboriladi, takrorlanmaydi.
Qaysi tillarda ishlaydi?
O‘zbek (lotin va kirill) va rus tillarida. Har bir xodim tilni o‘zi tanlaydi.
Bepul sinab ko‘rsa bo‘ladimi?
Ha. Yangi do‘kon 14 kun bepul ishlaydi. Shu vaqt ichida ulanish va sozlashda yordam beramiz, keyin mos tarifni tanlaysiz — kiritilgan ma’lumotlar saqlanib qoladi.
To‘lov qanday qilinadi?
Oylik yoki yillik — naqd pul yoki bank o‘tkazmasi orqali. Yillik to‘lovda chegirma bor. To‘lov qabul qilingach obuna muddati o‘sha zahoti uzayadi.
To‘lov kechiksa nima bo‘ladi?
Muddat tugagach yana 7 kun tizim odatdagidek ishlaydi va eslatib turadi. Undan keyin yangi amallar to‘xtaydi, lekin ma’lumotlar o‘chmaydi: ko‘rish va eksport ochiq qoladi, to‘lovdan keyin ish davom etadi.
Tarifni keyin o‘zgartirsa bo‘ladimi?
Ha, istalgan vaqtda — yuqoriroq yoki soddaroq tarifga. Ma’lumotlar joyida qoladi.
Kurs o‘zgarsa narxlar yangilanadimi?
Ha. Tilla kursini kiritasiz — vitrinadagi buyumlar narxi proba va og‘irlik bo‘yicha o‘zi qayta hisoblanadi. Yopilgan chek va prixod esa o‘sha kungi kurs bilan saqlanib qoladi.
Qanday uskunalar bilan ishlaydi?
Birka printerlari (TSPL, NIIMBOT), chek printerlari (ESC/POS), shtrix-kod va QR skanerlar, elektron tarozi. Tarozi Chrome yoki Edge brauzerida qo‘shimcha dasturisiz ulanadi.
Eski dasturdan ma’lumot ko‘chiriladimi?
Ha. Buyumlar va kontragentlar Excel yoki CSV fayldan import qilinadi, 1C va boshqa dasturlardan ko‘chirish ham mumkin. Ulanishda bu ishni siz bilan birga qilamiz.
Mijozlarim uchun sayt bormi?
Ha. Har do‘kon o‘z manzilini oladi — masalan, oltin.zargarpos.uz. Saytda katalog bugungi narxlar bilan, buyurtma va chekdagi QR kod orqali buyumni tekshirish bor.
Ma’lumotlarim xavfsizmi?
Har do‘konning ma’lumoti baza darajasida boshqalardan ajratilgan, ulanish shifrlangan (HTTPS), zaxira nusxa muntazam olinadi. Kurs, chegirma, chekni bekor qilish kabi muhim amallar kim va qachon qilgani bilan jurnalga yoziladi.
Xodim nimani ko‘radi?
Har rolning o‘z ruxsatlari bor: kassir — kassa, omborchi — ombor, buxgalter — hisob-kitob. Kassada xodimlar PIN kod bilan almashadi; katta chegirma va chekni bekor qilish menejer tasdig‘i bilan.
Texnik yordam do‘konimga kira oladimi?
Faqat muammoni hal qilish uchun: kirish 2 soatlik sessiya bilan cheklangan, parol va PIN o‘zgartirib bo‘lmaydi. Har bir kirish va amal jurnalga yoziladi — egasi ularni «Texnik yordam kirishlari» bo‘limida ko‘radi.
Savolingiz bormi?
Mutaxassisimiz o‘zbek yoki rus tilida javob beradi.