Asosiy qismga o‘tish
Imkoniyatlar

Do‘kondagi har bir jarayon — bitta joyda

Kassadan tortib egasining hisobotigacha: xodimlar bir tizimda ishlaydi, siz esa hammasini ko‘rib turasiz.

  • Tez kassa

    Birka yoki shtrix-kodni skanerlang — narx kursdan o‘zi. Naqd, karta, o‘tkazma, dollar va qarz qoldig‘i bitta chekda. Internet uzilsa ham ishlaydi.

  • Lom va skupka

    Mijozdan eski tilla — gramm, proba va kurs bo‘yicha. Lom ombori proba kesimida, eritish va lom sotish bitta hujjatda.

  • Nasiya va qarz daftari

    Bo‘lib to‘lash jadvali, qarz limiti va muddati, eslatmalar. Har kontragent bo‘yicha so‘m, dollar va lom qarzi alohida.

  • Ombor va reviziya

    Har buyum yakka: birka, og‘irlik, proba, tosh. Skaner bilan reviziya, filiallar orasida ko‘chirish, eskirgan tovar nazorati.

  • Prixod va ta’minotchilar

    Ta’minotchidan qabul: Excel import, tarozidan og‘irlik, birka chop etish. Hisob-kitob so‘m, dollar va lomda.

  • Agentlar

    Agentga tovar berish va qaytarish, kredit savdo, chegirma limiti, agent qarzi va foydasi.

  • Buyurtma va ta’mir

    Mijoz buyurtmasi, ta’mir va tayyorlash: usta, lom hisobi, holat va mijozga xabar.

  • Kabinalar xaritasi 2D/3D

    Do‘kon rejasini chizing: qaysi kabina va tokchada nima turgani, savdo harakati animatsiyada.

  • Hisobot va analitika

    Savdo, foyda-zarar, kassa oqimi, eskirgan ombor, top buyumlar, ABC/XYZ va bashorat — Excel eksporti bilan.

  • Xodimlar

    Rollar va ruxsatlar, kassada PIN bilan almashish, maosh, KPI va davomat.

  • Mobil ilova

    «Zargar Biznes» — egasi uchun telefonda butun biznes: bugungi savdo, kassa, qarzlar va tez amallar.

  • Mijozlar sayti va bot

    Har do‘konga o‘z sayti (nom.zargarpos.uz) va Telegram bot: katalog jonli narx bilan, buyurtma, QR orqali tekshirish.

Kassa

Tez, aniq va internetsiz ham

  • Birka yoki shtrix-kodni skanerlang — narx kursdan o‘zi hisoblanadi
  • Bir chekda bir nechta to‘lov usuli va qarz qoldig‘i
  • Chegirma va chekni bekor qilish — menejer PIN tasdig‘i bilan
  • Chek printeri, fiskal chek va mijozga QR kod
Lom va tilla

Har gramm hisobda

  • Skupka: proba, og‘irlik, kurs va pasport ma’lumoti
  • Lom ombori — har proba bo‘yicha qoldiq va tannarx
  • Eritish va lom sotish bitta hujjatda — foyda o‘zi hisoblanadi
  • Ta’minotchi bilan lom qarzi alohida birlikda
Egasi uchun

Biznes cho‘ntagingizda

  • Bugungi savdo, kassa, qarzlar va filiallar — bir qarashda
  • Kechagi va o‘tgan oy bilan solishtirish, diagrammalar
  • Har kuni kechqurun Telegram’ga kun yakuni
  • To‘lov qabul qilish, maosh va boshqa tez amallar telefondan
Uskuna va integratsiya

Do‘koningizdagi uskunalar bilan ishlaydi

Qo‘shimcha dastur o‘rnatish shart emas: ko‘p uskunalar brauzerning o‘zida ulanadi.

  • Elektron tarozi
  • Birka printeri (TSPL, NIIMBOT)
  • Chek printeri (ESC/POS)
  • Shtrix-kod va QR skaner
  • Fiskal chek
  • Payme, Click, Uzum
  • SMS xabarnoma
  • Telegram botlar
  • Excel va 1C import
Xavfsizlik

Ma’lumotlaringiz himoyada

Do‘kon ma’lumoti — eng qimmatli narsa. Shuning uchun himoya dasturning har qatlamida.

  • Har do‘kon alohida

    Bir do‘konning ma’lumoti boshqasiga baza darajasida yopiq.

  • Zaxira nusxa

    Ma’lumotlar muntazam zaxiralanadi va tiklanishi tekshiriladi.

  • Har amal jurnalda

    Kurs, chegirma, chek bekor qilish — kim va qachon qilgani yoziladi.

  • Rollar va PIN

    Har xodim faqat o‘z ishini ko‘radi; kassada PIN bilan kiradi.

Qanday boshlanadi

To‘rt qadamda ishga tushamiz

  1. 1

    Ariza qoldiring

    Formani to‘ldiring yoki qo‘ng‘iroq qiling — o‘zimiz bog‘lanamiz.

  2. 2

    Ulash va ko‘chirish

    Do‘koningizni ochamiz, buyum va qarzlarni Excel yoki eski dasturdan ko‘chiramiz.

  3. 3

    O‘qitish

    Xodimlarga kassa, ombor va lomni ko‘rsatamiz; ilova ichida video-qo‘llanma bor.

  4. 4

    Ishga tushirish

    14 kun bepul ishlaysiz, keyin mos tarifni tanlaysiz.

Do‘koningizda sinab ko‘ring

14 kun bepul. Ulash va ma’lumot ko‘chirishda yordam beramiz.