Standard
Bitta do‘kon uchun savdo va ombor
- Filial narxga kiradi
- 1
- Xodimlar
- 5
Ko‘proq filial — yuqori tarifda
- Kassa, ombor, lom va skupka
- Nasiya va asosiy hisobotlar
- Mobil ilova
- Telefon va Telegram orqali yordam
Kassa, ombor, lom va skupka, nasiya, ta’minotchi, agent va filiallar — proba va gramm aniqligida. Kompyuterda, planshetda va telefonda.
Umumiy savdo dasturlari tillani dona bilan sanaydi. Zargar esa gramm, proba, kurs va lom bilan ishlaydi — xuddi do‘koningizdagidek.
Uzuk, zirak, zanjir — har biri alohida: og‘irlik, proba, tosh, kabina va tokcha. Qayerda turgani va qachon kelgani doim ma’lum.
Bugungi tilla kursini kiritasiz — vitrinadagi narxlar proba va og‘irlik bo‘yicha o‘zi yangilanadi. Yopilgan chek o‘sha kungi kurs bilan qoladi.
So‘m, dollar va lom qarzi aralashmaydi. Ta’minotchi, agent va mijoz bilan hisob-kitob har birlikda alohida yuritiladi.
Kassadan tortib egasining hisobotigacha: xodimlar bir tizimda ishlaydi, siz esa hammasini ko‘rib turasiz.
Birka yoki shtrix-kodni skanerlang — narx kursdan o‘zi. Naqd, karta, o‘tkazma, dollar va qarz qoldig‘i bitta chekda. Internet uzilsa ham ishlaydi.
Mijozdan eski tilla — gramm, proba va kurs bo‘yicha. Lom ombori proba kesimida, eritish va lom sotish bitta hujjatda.
Bo‘lib to‘lash jadvali, qarz limiti va muddati, eslatmalar. Har kontragent bo‘yicha so‘m, dollar va lom qarzi alohida.
Har buyum yakka: birka, og‘irlik, proba, tosh. Skaner bilan reviziya, filiallar orasida ko‘chirish, eskirgan tovar nazorati.
Ta’minotchidan qabul: Excel import, tarozidan og‘irlik, birka chop etish. Hisob-kitob so‘m, dollar va lomda.
Agentga tovar berish va qaytarish, kredit savdo, chegirma limiti, agent qarzi va foydasi.
Mijoz buyurtmasi, ta’mir va tayyorlash: usta, lom hisobi, holat va mijozga xabar.
Do‘kon rejasini chizing: qaysi kabina va tokchada nima turgani, savdo harakati animatsiyada.
Savdo, foyda-zarar, kassa oqimi, eskirgan ombor, top buyumlar, ABC/XYZ va bashorat — Excel eksporti bilan.
Rollar va ruxsatlar, kassada PIN bilan almashish, maosh, KPI va davomat.
«Zargar Biznes» — egasi uchun telefonda butun biznes: bugungi savdo, kassa, qarzlar va tez amallar.
Har do‘konga o‘z sayti (nom.zargarpos.uz) va Telegram bot: katalog jonli narx bilan, buyurtma, QR orqali tekshirish.
Qo‘shimcha dastur o‘rnatish shart emas: ko‘p uskunalar brauzerning o‘zida ulanadi.
Do‘kon ma’lumoti — eng qimmatli narsa. Shuning uchun himoya dasturning har qatlamida.
Bir do‘konning ma’lumoti boshqasiga baza darajasida yopiq.
Ma’lumotlar muntazam zaxiralanadi va tiklanishi tekshiriladi.
Kurs, chegirma, chek bekor qilish — kim va qachon qilgani yoziladi.
Har xodim faqat o‘z ishini ko‘radi; kassada PIN bilan kiradi.
Formani to‘ldiring yoki qo‘ng‘iroq qiling — o‘zimiz bog‘lanamiz.
Do‘koningizni ochamiz, buyum va qarzlarni Excel yoki eski dasturdan ko‘chiramiz.
Xodimlarga kassa, ombor va lomni ko‘rsatamiz; ilova ichida video-qo‘llanma bor.
14 kun bepul ishlaysiz, keyin mos tarifni tanlaysiz.
Do‘koningiz hajmiga mos tarifni tanlang. 14 kun bepul sinov — to‘lovsiz.
Bitta do‘kon uchun savdo va ombor
Ko‘proq filial — yuqori tarifda
O‘sayotgan do‘kon uchun ko‘p imkoniyat
Qo‘shimcha filial: +190 000 so‘m / oy
Filiallar tarmog‘i uchun barcha imkoniyatlar
Qo‘shimcha filial: +190 000 so‘m / oy
Barcha tariflarda: 14 kun bepul sinov, server, zaxira, yangilanishlar va o‘zbek hamda rus tilida masofadan yordam.
Tariflarni solishtirishJavob topilmasa — yozing, yordam beramiz.
Zargar — zargarlik do‘konlari uchun ERP. Kassa, ombor, lom va skupka, nasiya, ta’minotchilar, agentlar, xodimlar va hisobotlar bitta tizimda ishlaydi. Har bir buyum o‘z birkasi bilan alohida hisoblanadi, lom esa gramm va proba bo‘yicha yuritiladi.
Ha. Har filialning o‘z kassasi, ombori va kabinalari bor, buyumlar filiallar o‘rtasida ko‘chiriladi. Egasi hammasini bitta paneldan va telefondan ko‘radi. Filiallar soni tarifga bog‘liq.
Ha. «Zargar Biznes» ilovasida (Android) egasi bugungi savdo, kassa, qarzlar va xodimlarni ko‘radi, to‘lov qabul qilish va maosh kabi tez amallarni bajaradi. Xodimlar ham ilovada vitrina, buyurtma va ombor bilan ishlaydi.
Ha. Internet uzilganda ham kassa chek yopadi: cheklar kompyuterda saqlanib turadi va aloqa tiklanishi bilan tartib bilan serverga yuboriladi, takrorlanmaydi.
O‘zbek (lotin va kirill) va rus tillarida. Har bir xodim tilni o‘zi tanlaydi.
Ha. Yangi do‘kon 14 kun bepul ishlaydi. Sinovda masofadan 1 soatgacha bepul ko‘rsatib beramiz; joyida o‘rnatish va to‘liq sozlash alohida xizmat. Keyin mos tarifni tanlaysiz — kiritilgan ma’lumotlar saqlanib qoladi.
14 kun bepul. Masofadan ko‘rsatib beramiz.